Maslahatlar· 4 daqiqa o'qish

Prava testiga 14 kunda tayyorlanish rejasi

63 bilet ko'p tuyuladi, lekin kuniga 30–40 daqiqa ajratsangiz, ikki haftada bazani to'liq aylanib chiqib, xatolaringizni ham yopib ulgurasiz. Mana sinalgan reja.

1–3-kun: tanishuv

Har kuni 3 ta bilet yeching, vaqtga qaramang. Maqsad baho emas, savollar uslubiga ko'nikish. Har bir xato javobdan keyin izohni o'qing.

4–9-kun: asosiy bosqich

Kuniga 6–8 ta bilet. Shu bosqichda 63 biletning hammasini kamida bir marta yechib chiqasiz. Kun oxirida 10 daqiqani "Xatolar" bo'limiga ajrating.

10–12-kun: xatolarni yopish

Yangi bilet emas, faqat xato qilgan savollaringiz va yiqilgan biletlaringiz. Har bir mavzu bo'yicha qoidaning o'zini YHQ'dan o'qib chiqing. Random test bilan biletni yodlab olmaganingizni tekshiring.

13–14-kun: imtihon simulyatsiyasi

Kuniga 3–4 marta to'liq imtihon rejimi: 20 savol, vaqt cheklovi, 2 ta xato chegarasi. Ketma-ket 5 marta o'tsangiz, haqiqiy imtihonga tayyorsiz.

Imtihon kuni

  • Uyquga to'ying, ertalab yangi narsa o'qimang
  • Har bir savolni oxirigacha o'qing
  • Bilmagan savolni o'tkazib yuboring va oxirida qayting

Rejani Rulio'da bepul boshlang: birinchi 5 bilet bepul.